1.
Serquyosh hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, ‖: mehribon! :‖
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Chorus:
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
2.
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga ‖: zoʻr qanot! :‖
Istiqlol mashʻali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
Chorus
1.
Assalom, Rus xalqi, buyuk ogʻamiz,
Barhayot dohiymiz Lenin, ‖: jonajon! :‖
Ozodlik yoʻlini Siz koʻrsatdingiz,
Sovetlar yurtida Oʻzbek topdi shon!
Chorus:
Partiya rahnamo, jon Oʻzbekiston,
Serquyosh oʻlkasan, obod, barkamol!
Tuprogʻing xazina, baxting bir jahon,
Sovetlar yurtida senga yor iqbol!
2.
Serquyosh oʻlkada koʻrmasdik ziyo,
Daryolar boʻyda edik ‖: suvga zor. :‖
Tong otdi, Inqilob, Lenin rahnamo,
Rahnamo Lenindan xalqlar minnatdor!
Chorus
3.
Kommunizm gulbogʻi mangu navbahor,
Toabad qardoshlik — doʻstlik ‖: barhayot! :‖
Sovetlar bayrogʻi gʻolib, barqaror,
Bu bayroq nuridan porlar koinot!
Chorus
1.
Assalom, Rus xalqi, buyuk ogʻamiz,
Barhayot dohiymiz Stalin, ‖: jonajon! :‖
Ozodlik yoʻlini Siz koʻrsatdingiz,
Sovetlar elida Oʻzbek topdi shon!
Chorus:
Boʻl omon, paxtakor hur Oʻzbekiston,
⸢Sen sharkda nurafshon⸣* yurtim, top kamol.
Sovetlar bayrogʻi, zafar bayrogʻi —
Doimo baxsh etar senga shon-iqbol.
2.
Serquyosh oʻlkada koʻrmasdik ziyo,
Daryolar boʻyda edik ‖: suvga zor. :‖
Barq urdi chin quyosh — Lenin dohimiz,
Yoʻlladi Stalin — biz boʻldik baxtiyor.
Chorus
3.
Ilmu fan nuri-la yoʻlimiz ravshan,
Abadiy qardoshdir Sovet ‖: xalqlari. :‖
Bosqinchi yovlarni etib toru mor,
Boramiz biz yangi zafarlar sari!
Chorus
* After the 2nd verse: Badavlat, farovon
, after the 3rd verse: Yengilmas, qahramon
.